Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. Musiqa maktabi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 70631
Gallery image 70632
Gallery image 70633
Gallery image 70634
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
28 Noy 2025
10:15

Chinoz tumani. Musiqa maktabi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Dadajonov “Madaniyat” mahallasidagi bolalar musiqa maktabi faoliyatini o‘rganib chiqdi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, musiqa asboblarining holati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda pedagoglarning ish jarayoni batafsil ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.