Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. Nogironlar Deputat himoyasida
Gallery image 70539
Gallery image 70540
Gallery image 70541
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
27 Noy 2025
22:19

CHINOZ TUMANI. Nogironlar Deputat himoyasida

Xalq deputatlari Chinoz tumani deputati D. Teshaboyev va Dehqonobod mahalla yettiligi hamkorligida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanishi xolatini o‘rgandi. Nogironligi bo‘lgan fuqaro A. Ortiqov xonadonida bo’lib, uning yashash sharoiti, ehtiyojlari va muammolari atroflicha o’rganildi.

Fuqaroning zarur yordam choralari bo‘yicha bildirgan takliflari belgilab olinib, uning ehtiyojlariga e’tibor qaratish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsad qilindi. Ushbu o’rganish mahalladagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muxtoj boshqa shaxslarga ham e’tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.