Barcha yangiliklar
Chinoz tumanidagi o‘quv muassasalarida sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
Gallery image 70529
Gallery image 70530
Gallery image 70531
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
27 Noy 2025
22:14

Chinoz tumanidagi o‘quv muassasalarida sport infratuzilmasi holati o‘rganildi

⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Isoqov tomonidan tumandagi kollej va akademik litseylarda mavjud sport zallari, ularning jihozlanganlik darajasi hamda sport anjomlarining texnik holati o‘rganildi.

⚡️O‘rganish jarayonida sport zallarining sanitariya-gigiyena talablari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sport inventarlarining yetarliligi va ularning amaldagi me’yorlarga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

⚡️Shuningdek, muassasalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.