Barcha yangiliklar
Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari sifati o‘rganildi.
Gallery image 70501
Gallery image 70502
Gallery image 70503
Gallery image 70504
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
27 Noy 2025
17:33

Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari sifati o‘rganildi.

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli Qarorlariga muvofiq joriy yil o‘tkazilgan “Ochiq budjet” loyihasining ikkinchi bosqichida mahalla raisi Sh.Mirxaitov tashabbusi hamda aholining sa’y-harakatlari bilan eng ko‘p ovoz to‘plab “Yoshlik” MFY hududidagi Navqiron ko‘chasining 3177 m qismini asfaltlashtirish loyihasi g‘olib deb topilgan. Belgilangan ishlar ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilib, ishlar qisqa muddatlarda tugatildi

🔹Amalga oshirilgan ishlar sifati bo‘yicha xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati J.Sadirov tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, transport vositalari hamda piyodalar harakatlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l chekkasini beton to‘siqlar to‘sish masalasi ko‘rib chiqildi.