Barcha yangiliklar
Obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi
Gallery image 70273
Gallery image 70274
Gallery image 70275
Gallery image 70276
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
22 Noy 2025
17:54

Obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi

Tuman hokimligida tuman Kengashi raisi B. Raxmatullayev tomonidan hududlarni obodonlashtirish jarayonlari hamda mavjud kamchiliklar bo‘yicha tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman tashkilotlari vakillari, mahalla raislari, agrofirma rahbarlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mutasaddilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kamchiliklar muhokama qilindi. Hududlarda tozalikni ta’minlash, obodonlashtirish tadbirlarini tizimli ravishda davom ettirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish hamda aholiga qulay sharoit yaratish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.