Barcha yangiliklar
TUMANDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANIB BORILMOQDA
Gallery image 70170
Gallery image 70171
Gallery image 70172
Gallery image 70173
Gallery image 70174
Gallery image 70175
Gallery image 70176
Gallery image 70177
Gallery image 70178
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
26 Noy 2025
16:42

TUMANDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga saylangan deputat O.Ollomurodov “Shaffof” mahallasi hududida joylashgan 33 va 58-maktablarida, deputat M.Kenjayeva “Oriyat” mahallasi hududida joylashgan 39-maktab filialida va 8-DMTTlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida kuz-qish davrida qozonxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida soha tashkilotlari tomonidan yaratiligan zarur suyuq va qattiq yoqilg‘i zaxirasiga e’tibor qilindi.

O‘rganishlar davomida ta’lim muassasalarida boshlangan kuz-qish mavsumida maktablardagi sinf xonalarining holati, isitish tizimining ishlatilishi hamda o‘quv va tarbiya jarayonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ma’sullarga o‘zlarining ko‘rsatma va tavsiyalarini berdilar.