Barcha yangiliklar
Charog‘bon mahallasida xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 70129
Gallery image 70130
Gallery image 70131
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
17 Noy 2025
16:22

Charog‘bon mahallasida xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman ayollar targ‘ibot guruhi rahbari M. Yo‘ldosheva, tuman ichki ishlar  bo'limi xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori N. Hamroyeva, tuman bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari Z. Ubaydova, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, tuman Kengashi deputati M. Aminova, targ‘ibotchi M. Vohidova va guruh a'zolari ishtirok etishdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, oilaviy totuvlik, psixologik barqarorlik, huquqiy savodxonlik va ijtimoiy faollikni oshirish orqali mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma'naviy muhitni shakllantirishga ko‘maklashish to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirildi. 

Tadbir davomida ishtirokchilarga ayollar huquqlari, oilaviy munosabatlarda muvozanatni saqlash, zo‘ravonlikning oldini olish, stressni boshqarish, sog‘lom muloqot va emotsional barqarorlik kabi mavzularda ma’lumotlar berildi.