Barcha yangiliklar
O‘zaro tajriba almashildi
Gallery image 70008
Gallery image 70009
Gallery image 70010
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
26 Noy 2025
12:30

O‘zaro tajriba almashildi

 Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan Bekobod shahar va Bekobod tumani kengashi kotibiyati xodimlari Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani kengashi kotibiyati ish faoliyatini o‘rganish va o‘zaro tajriba
almashish ishlarini olib bordilar. Oqqo‘rg‘on tumani kengash kotibiyatida bugungi kunda ish yuritish hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida sessiya hujjatlarini tayyorlash va sessiyalarni
o‘tkazish, uning ijrosi va deputatlar faoliyati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hokimlik huquqshunosi va davlat tili bo‘yicha maslahatchilari bilan sessiya hujjatlarini tayyorlash jarayonida yaqindan o‘zaro hamkorlik qilish, ayniqsa, normativ tusdagi hujjatlarni qabul qilish jarayonida, mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish jarayonlariga alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.