Barcha yangiliklar
To‘y marosimlari va qo‘shimcha marakalarni qisqartirish – ijtimoiy madaniyatni yuksaltirish omili
Gallery image 69953
Gallery image 69954
Gallery image 69955
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
11 Noy 2025
10:07

To‘y marosimlari va qo‘shimcha marakalarni qisqartirish – ijtimoiy madaniyatni yuksaltirish omili

O‘zbekiston xalqining qadimiy an’analari, urf-odatlari va marosimlari milliy madaniyatimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Ayniqsa, to‘y marosimlari xalqimiz hayotida quvonch, baxt va yangi hayot boshlanishining ramzidir. Biroq, so‘nggi yillarda to‘ylar bilan bog‘liq ortiqcha dabdaba, shuningdek, turli qo‘shimcha marakalar va tadbirlarning ko‘payishi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Shu bois, to‘y marosimlarini va ularga qo‘shimcha marakalarni ixchamlashtirish, ortiqcha xarajatlarni kamaytirish maqsadida Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati N.Baxriyev, Ravod MFY xodimlari, mahalla imom xatibi, nuroniylar, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.