Barcha yangiliklar
DEPUTAT VA MAHALLA  YETTILIGI HAMKORLIGIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA.
Gallery image 69924
Gallery image 69925
Gallery image 69926
Gallery image 69927
Gallery image 69928
Gallery image 69929
Gallery image 69930
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
26 Noy 2025
09:56

DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA.

 Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati Mohiraxon Qoraboyeva O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inida aholining yashashsharoitlari va mavjud muammolarni o‘rgandi. Mahalla yettiligi bilan birgalikda ichki yo‘llarni asfaltlash, infratuzilmani yaxshilash va hududniobodonlashtirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. 

Uchrashuvda aholining murojaatlarini muntazam o‘rganish va mas’ul idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligita’kidlandi. 

Shuningdek, 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, isitish tizimi va sinf xonalari holati ko‘zdan kechirildi. Deputat ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanadayaxshilash borasida tavsiyalar berdi.