Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 69895
Gallery image 69896
Gallery image 69897
Gallery image 69898
Gallery image 69899
Gallery image 69900
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
26 Noy 2025
09:06

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati To‘rayeva Saxovat G'aniyevna tomonidan “G‘ambur” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida mahalla hududida kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan bandlik imkoniyatlari, ijtimoiy yordam va ko‘mak mexanizmlarining amaldagi holati atroflicha oʻrganildi. Shuningdek, fuqarolarning muammolari, ularning ehtiyoj va takliflari tinglanib, masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Deputatlik nazorati yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish hamda aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan qoʻshimcha topshiriq va tavsiyalar mahalla mutasaddilariga yetkazildi.