Barcha yangiliklar
DЕPUTAT NAZORATI
Gallery image 69885
Gallery image 69886
Gallery image 69887
DJANIBEKOV AZIZBEK URMANOVICH
25 Noy 2025
00:00

DЕPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati S. Xidirova tomonidan Guliston MFY hududida barpo etilayotgan tadbirkorlik obyekti qurilish jarayonlari o‘rganildi. Qurilish ishlari jadal davom etib, loyihaning dekabr oyida to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha doirasida tikuvchilik yo‘nalishida ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi tadbirkorlik tashabbusi tumandagi bandlik masalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, 50 nafar ishsiz xotin-qizning ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Ushbu loyiha hududda yangi imkoniyatlar yaratish, ayollar bandligini oshirish va mahalliy iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.