Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI
Gallery image 69834
Gallery image 69835
Gallery image 69836
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
25 Noy 2025
17:18

DEPUTATLIK NAZORATI

Dastlab, korxonaning ekologik talablarga rioya etish holati, suvdan oqilona foydalanish tizimi hamda ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlayotgan texnik suvlarni qayta ishlash mexanizmlari atroflicha koʻzdan kechirildi.

Shoxobchada ishlatilgan texnik suvlarni qayta foydalanishga yoʻnaltirish maqsadida oʻrnatilgan filtrlash uskunalari soz holatda ekani, filtrlash tizimining amalda toʻliq ishlayotgani hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha belgilangan meʼyor va qoidalarga rioya qilinayotgani qayd etildi.

Shuningdek, korxona maʼsullariga ekologik xavfsizlikni yanada kuchaytirish, suv sarfini optimallashtirish va atrof-muhitga zarar yetkazilishini oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tavsiyalar berildi.