Barcha yangiliklar
Uch avlod uchrashuvi
Gallery image 69766
Gallery image 69767
Gallery image 69768
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
25 Noy 2025
15:02

Uch avlod uchrashuvi

Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati T.Niyazov tashabbusi bilan “Yangihayot” mahallasidagi 18-umumta’lim maktabida yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda keksa avlod vakillari, o‘qituvchilar hamda yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida nuroniylar yoshlarga milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va ezgu amallarga da’vat etuvchi fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Shuningdek, tadbirda so‘zga
chiqqanlar yoshlarni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol bo‘lishga, tabiatni asrash va atrof-muhitni toza saqlashda tashabbuskor bo‘lishga chorladilar. Uchrashuvning asosiy maqsadi — yosh avlodni kattalar hayotiy tajribasidan bahramand etish, ulug‘larning nasihatlaridan ibrat olish va ota-bobolar an’analarini ulug‘lashdan iborat bo‘ldi. Tadbirda tashkil etilgan milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi.