Barcha yangiliklar
Tumаn Kengаshi doimiy komissiyalari qo'shma yig'ilishi o‘tkazildi.
Gallery image 69735
Gallery image 69736
Gallery image 69737
Gallery image 69738
Gallery image 69739
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
25 Noy 2025
11:28

Tumаn Kengаshi doimiy komissiyalari qo'shma yig'ilishi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda tumandagi bir qator mahallalar yettiligi tomonidan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar va xotin-qizlar bilan tizimli ishlash, aholi bandligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobotlar taqdim etildi. Hisobotlarda mahallalardagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar, shuningdek, jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishidagi natijalar, tuman mahalliy budjeti mablag‘laridan foydalanish hamda bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.