Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 69726
Gallery image 69727
Gallery image 69728
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
25 Noy 2025
10:56

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugidan saylangan deputati Nuriddinov Iskandar Fayzullayevich tomonidan “Poshxurt” mahalla fuqarolar yig‘inlarida deputatlik nazorati tadbirlari oʻtkazildi. 

Tadbirlar davomida Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolarning oilaviy ahvoli, ularning ro‘yxatga to‘g‘ri kiritilganligi hamda belgilangan mezon va talablariga mosligi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, ularga tegishli tartibda ajratilayotgan ijtimoiy yordamlarning
oʻz vaqtida va manzilli yetkazilayotganligi yuzasidan monitoring amalga oshirildi.