Barcha yangiliklar
#DEPUTAT_NAZORATI
Gallery image 69671
Gallery image 69672
Gallery image 69673
Gallery image 69674
Gallery image 69675
Gallery image 69676
Gallery image 69677
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
24 Noy 2025
19:00

#DEPUTAT_NAZORATI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Yu. Qurbaniyazov tashabbusi bilan “Xidirsho” mahallasi fuqarolari tomonidan ilgari surilib, “Fuqarolar tashabbusi” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan ko‘chalarda asfaltlash ishlari boshlab yuborildi. 

Mazkur loyiha doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ichki yo‘llarning transport harakati uchun yanada xavfsiz va qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Ayni paytda tanlab olingan ko‘chalarda asfalt yotqizish jarayonlari tashkil etilib, pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishi nazoratga olingan. 

Deputat Yu. Qurbaniyazov ushbu ishlarning izchil amalga oshirilishini kuzatib borayotgani, mahalliy aholi bilan muntazam muloqot qilib, ularning fikr-mulohaza va takliflarini inobatga olayotgani ma’lum qilindi. 

Mazkur loyiha natijasida “Xidirsho” mahallasidagi ichki yo‘llar holati yaxshilanib, aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.