Barcha yangiliklar
Farg‘ona tumani — “Konchilar” mahallasida ochiq muloqot
Gallery image 69559
Gallery image 69560
Gallery image 69561
Gallery image 69562
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
24 Noy 2025
16:43

Farg‘ona tumani — “Konchilar” mahallasida ochiq muloqot

 Farg‘ona tumani — “Konchilar” mahallasida
ochiq muloqot
 

  

Farg‘ona
tuman Kengashi deputati Farruxbek Abdusalomov
hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi apparati rahbari
Saida Otadjonova
mahalla fuqarolari va faollari bilan kүz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazdilar. 

Muloqotda
“Mahalla yettiligi” faollari ham ishtirok
etdi. Ularning hamda aholining fikr-mulohazalari asosida mahallada olib borilayotgan
obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar
bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar tahlil qilindi. 

Uchrashuvda
deputat va mas’ullar bilan hamkorlikda mahalla aholisining eng dolzarb muammolari
muhokama qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, aholi bilan yaqindan
muloqot orqali mahalla faolligi va ijtimoiy ishtirokni yanada kuchaytirish, yashash
sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar
ilgari surildi
. 

Bu
uchrashuv mahalla aholisi va deputatlar o‘rtasida ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga
xizmat qildi. Barcha taklif va murojaatlar e’tiborga olindi va amalga oshirilayotgan
ishlar bilan uzviy bog‘lanishi ta’minlandi.