Barcha yangiliklar
Jizzax shahar Kengashining navbatdan tashqari yettinchi chaqiriq o‘n to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 69420
Gallery image 69421
Gallery image 69422
Gallery image 69423
Gallery image 69424
Gallery image 69425
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
24 Noy 2025
13:45

Jizzax shahar Kengashining navbatdan tashqari yettinchi chaqiriq o‘n to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdan tashqari yettinchi chaqiriq o‘n to'rtinchi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada Jizzax shahar Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar, 2-Obod saylov okrugi saylov komissiyasi a'zoligiga va saylov okuri hududi bo'yicha uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar hamda boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

Kun tartibiga muvofiq, Jizzax viloyat Kengashining 2-Obod saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga qayta saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Muhokamalar davomida saylov jarayonlarining oshkoraligi, qonuniyligi hamda ularni sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Tanlab olingan nomzodlar bo‘yicha komissiyaga taqdim etish uchun zarur qarorlar qabul qilindi.