Barcha yangiliklar
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
Gallery image 69382
Gallery image 69383
Gallery image 69384
Gallery image 69385
Gallery image 69386
Gallery image 69387
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
24 Noy 2025
12:05

Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M.Sulaymonov va Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati M.Ismoilxo‘jayevalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35–V-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Oqoltin tumani “Yangi hayot” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ushrashuvda mahalla yettiligi tomonidan aholining noroziligiga sabab bo‘layotgan 6 ga yaqin takliflar tushdi, bildirilgan muammo va takliflar ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli mutasadi rahbarlar bilan yuqoridagi masalalarning yechimi yuzasidan gaplashib, keyingi uchrashuvlarda axborot berishga kelishib olindi.