Barcha yangiliklar
Ishtixon tumani deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Gallery image 6677
Gallery image 6678
Gallery image 6679
Gallery image 6680
Gallery image 6681
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
12 Mar 2024
10:59

Ishtixon tumani deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman kengashi raisi Raximov Mutallib Amirqulovichning “Yangikent” mahalla fuqarolar yig‘ini Jonrohat qishlog‘ida istiqomat qilayotgan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

M.Raximov mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoevning ma’ruzalarida ilgari surilgan vazifalar haqida alohida so‘z yuritib, ushbu vazifalar ijrosi har bir hudud taraqqiyotini ta’minlash, hayotimizni yanada yaxshilash, aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashini ta’kidladi.

Muloqot chog‘ida saylovchilar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalarni ham o‘rtaga tashlab, takliflarini bayon etishdi.

Shuni aytish joizki, ushbu murojaatlar asosida M.Raximov mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari kiritdi. Ayni paytda mazkur masalalarni o‘rganish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.