Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 69115
Gallery image 69116
Gallery image 69117
Gallery image 69118
Gallery image 69119
Gallery image 69120
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
21 Noy 2025
17:31

Saylovchilar bilan uchrashuv

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Bandixon tumani “O'rg'ulsoy” MFY da joylashgan 24-sonli maktabda xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Jumayev Umar Abdig'ani og'li “mahalla yettiligi” hamda mahalla aholisi ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab yig‘ilishda deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.