Barcha yangiliklar
Yangi hayot mahallasida deputatlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi:
Gallery image 69078
Gallery image 69079
Gallery image 69080
Gallery image 69081
Gallery image 69082
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
28 Okt 2025
14:43

Yangi hayot mahallasida deputatlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi:

Yangi hayot mahallasida deputatlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi:

Joriy yilning 18 oktabr kuni Termiz tumanidagi Yangi hayot mahallasida aholi murojaatlari asosida o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati B. G‘afforov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Termiz tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. Shafoatova, shuningdek mahalla yettiligi a’zolari va nuroniylar ishtirok etdilar.

O‘rganish jarayonida aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, mahalla infratuzilmasidagi muammolarni bartaraf etish hamda aholining ijtimoiy muammolarini hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar joyida o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayrim murojaatlar bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Mazkur uchrashuv mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini eshitish va amaliy yordam ko‘rsatish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.