Barcha yangiliklar
“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” loyihasi doirasida ahamiyatli tadbir:
Gallery image 69065
Gallery image 69066
Gallery image 69067
Gallery image 69068
Gallery image 69069
Gallery image 69070
Gallery image 69071
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
28 Okt 2025
14:39

“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” loyihasi doirasida ahamiyatli tadbir:

“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” loyihasi doirasida ahamiyatli tadbir:

24 oktabr kuni Termiz tuman tibbiyot birlashmasida “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” loyihasi doirasida ahamiyatli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi va Termiz tuman kengashi vakillari, deputatlar, tuman tibbiyot xodimlari hamda aholi faollari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida onalar va ayollar salomatligini mustahkamlash, bolalar tug‘ilishidan boshlab ularning sog‘lom o‘sishini ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi. Shuningdek, malakali shifokorlar tomonidan aholiga bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Mazkur tadbir doirasida 200 nafardan ortiq fuqaroning sog‘ligi batafsil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi, ularning 22 nafariga bepul davolanish uchun maxsus yo‘llanmalar berildi.

Tadbir ishtirokchilari uchun profilaktik tibbiy xizmatlar, sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti hamda oilaviy sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

Ushbu tadbir aholining tibbiy madaniyatini oshirish, onalar va bolalar salomatligini himoya qilish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.