Barcha yangiliklar
DЕPUTAT NAZORATI
Gallery image 68968
Gallery image 68969
Gallery image 68970
Gallery image 68971
DJANIBEKOV AZIZBEK URMANOVICH
21 Noy 2025
10:15

DЕPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati M. Samandarova Dalvarzin mahallasida barpo etilayotgan “Salomatlik yo‘lakchasi” loyihasining amalga oshirilish jarayonini joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqdi. Mazkur loyiha aholi uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy mashqlarni qulay sharoitlarda bajarish imkoniyatini yaratishga qaratilgan bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasidagi muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berilib, ishlarni belgilangan muddatda sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Loyihaning yakunlanishi bilan Dalvarzin mahallasi aholisi zamonaviy, xavfsiz va qulay salomatlik yo‘lakchasidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.