Barcha yangiliklar
“Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla”  tanlovining g‘oliblari aniqlandi
Gallery image 68939
Gallery image 68940
Gallery image 68941
Gallery image 68942
Gallery image 68943
Gallery image 68944
Gallery image 68945
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
20 Noy 2025
21:50

“Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” tanlovining g‘oliblari aniqlandi

Bugun, 20-noyabr kuni Yangiobod tumanida “Obod xonadon - obod ko‘cha va obod mahalla” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik tanlovda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Valijon Xasanov va tuman Kengashi deputati Xolboy Tilakovlar hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etishdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari quyidagicha baholandi:

“OBOD XONADON” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin - Sarmich MFY “Sarmich” ko‘chasida yashovchi Yunusov Egamberdi.

2-o‘rin - Yangiobod ShFY “Ziyokor” ko‘chasida yashovchi Shodmonqulov Sherbek.

3-o‘rin - Do‘stlik MFY “Diyor” ko‘chasida yashovchi Esirg‘apov Sherzod.

“OBOD KO‘CHA” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin - Balandchaqir MFY “Varqin” ko‘cha boshisi Shermatov Nayimqul.

2-o‘rin - Sarmich MFY “Turonshoh” ko‘cha boshisi G‘ulmurotov Sultonmurod.

3-o‘rin - Do‘stlik MFY “Diyor” ko‘cha boshisi Isoqov Ulug‘bek

“OBOD MAHALLA” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin - Sarmich MFY raisi - Karimjonov Abduvohid.

2-o‘rin - Balandchaqir MFY raisi - Karimov Alisher.

3-o‘rin - Do‘stlik MFY raisi - Jo‘rayev Shavkat.