Barcha yangiliklar
Deputatlar aholi muammolarini o`rganishda davom etmoqda
Gallery image 68926
Gallery image 68927
Gallery image 68928
Gallery image 68929
Gallery image 68930
Gallery image 68931
Gallery image 68932
Gallery image 68933
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
20 Noy 2025
17:42

Deputatlar aholi muammolarini o`rganishda davom etmoqda

Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 19-Chashma saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan “Xurriyat” MFY da va 20-Ulug`bek saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O`ktam o`g`li tomonidan “Chinor” MFYda fuqarolarning murojaatlari o`rganib chiqildi. Deputat J.Xojiboyev va mahalla raisi murojaatni joyiga chiqib o`rganib aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bordi va muammo shu yerning o‘zida bartaraf etildi. Deputat A.Sultonov va mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan murojaatlar o`rganilganda asosan uy-joy ta`miri, moddiy yordam va tabiiy gaz tarmoqlarini tortish bilan bog`liq masalalar ekanligi ma`lum bo`ldi. O‘zaro muloqotlar davomida deputat har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ularni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda ijobiy hal etishini bildirdi. Fuqarolar murojaati bo`yicha jamoatchilik nazorati o`rnatildi.