Barcha yangiliklar



CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
20 Noy 2025
16:36
Deputat faoliyati
Bugun Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining 11-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputati To‘rayev Norquvvat Tajimuradovich o‘z hududi — Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Dastlab mahalla binosida mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, hujjatlar yuritilishi, murojaatlar bilan ishlash va mahallaning kundalik faoliyatiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.Shuningdek, deputat mahalladagi ichki yo‘llar, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish holatini o‘rgandi.