Barcha yangiliklar
Deputat o‘z saylov okruglarida mahalla obodonlashtirish masalalarini muhokama qildi.
Gallery image 68906
Gallery image 68907
Gallery image 68908
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
09 Noy 2025
16:32

Deputat o‘z saylov okruglarida mahalla obodonlashtirish masalalarini muhokama qildi.

Deputat o‘z saylov okruglarida mahalla obodonlashtirish masalalarini muhokama qildi.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 21-"Namuna" okrug deputati Davronbek Raxmatullayev o‘z saylangan okruglarga tashrif buyurib, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida mahallalardagi obodonlashtirish ishlari, ko‘cha va yo‘laklarni ta’mirlash, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat joylarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi. U mahallani yanada go‘zal va qulay maskanga aylantirishda fuqarolar faolligini oshirish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Mazkur uchrashuvlar davomida aholi tomonidan ilgari surilgan taklif va muammolar ham o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.