Barcha yangiliklar
Deputatlar tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan isitish tizimlarini o‘rganishdi
Gallery image 68698
Gallery image 68699
Gallery image 68700
Gallery image 68701
Gallery image 68702
Gallery image 68703
Gallery image 68704
Gallery image 68705
Gallery image 68706
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
19 Noy 2025
18:22

Deputatlar tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan isitish tizimlarini o‘rganishdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari D.Choriyeva, B.Kurbanov, B.Muxammadiyeva va U.Artikovalar o‘zlari saylangan mahallalar hududida joylashgan ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha isitish tizimlarining ishlash holati bilan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida kuz-qish davrida qozonxonalarning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida soha tashkilotlari tomonidan zarur suyuq va qattiq yoqilg‘i zaxirasi yaratilishiga e’tibor qilindi. O‘rganishlar davomida muassasalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini, maktablardagi sinf xonalarining holati, isitish tizimi hamda o‘quv jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha deputatlar tomonidan ma’sullarga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.