Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi faoliyati
Gallery image 68690
Gallery image 68691
Gallery image 68692
Gallery image 68693
Gallery image 68694
Gallery image 68695
Gallery image 68696
MAMATQULOV MUSTAFAQUL BAHRIDDIN O‘G‘LI
19 Noy 2025
18:09

Mahalla yettiligi faoliyati

Mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, hamda xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi to‘g‘risida

5-Qo‘ng‘irot saylov okrugidan saylangan deputat Urakboyev Yigitali Azamovich tomonidan “Qirq Shodi” mahallasida xizmat safari amalga oshirilib, hududda faoliyat yuritayotgan “Yettilik” tashabbuskor guruhi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish jarayonlari, ijtimoiy infratuzilmaning bosqichma-bosqich rivojlantirilishi, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi loyihalarning amaldagi holati muhokama qilindi.

Tashabbuskor guruh a’zolari tomonidan mahallada mavjud dolzarb muammolar, ularning yechimiga oid takliflar, shuningdek, hududning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorlik bildirildi.

Deputat o‘z navbatida bildirilgan takliflarning ahamiyatini qayd etib, ularni atroflicha o‘rganish, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berilishini ma’lum qildi.

Uchrashuv konstruktiv va ochiq muloqot ruhida o‘tib, mahalla taraqqiyoti yo‘lida davlat

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi