Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. Mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi
Gallery image 68643
Gallery image 68644
Gallery image 68645
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
19 Noy 2025
17:14

Chinoz tumani. Mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Asqar Baxramov tomonidan tumandagi Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisining faoliyati, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Jumladan mahalla hududida aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy daromadlarni oshirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘mak berish yo‘nalishlaridagi natijalar tahlil qilindi. 

O'rganish yakunida deputat tomonidan hokim yordamchisiga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.