Barcha yangiliklar
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi
Gallery image 68574
Gallery image 68575
Gallery image 68576
Gallery image 68577
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
19 Noy 2025
15:07

Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 21-noyabr kuni xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi 15-sessiyasi bo'lib o'tishi belgilangan. Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar:

Nurobod tumanidagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlarida joylashgan 63 ta nomsiz ko‘chalarga nom berish to‘g‘risida;

Nurobod tumanida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning holati, uning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Abiyevning hisoboti;

Nurobod tumanida yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga qo‘shimcha sharoitlar yaratish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Nurobod tumani yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi T.Xudoynazarovning hisobotlari

dastlabki tarzda tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishida atroflicha muhokama etilib, komissiya a'zolari tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilishi ma'qullandi.