Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 17-sessiyasi
Gallery image 68518
Gallery image 68519
Gallery image 68520
Gallery image 68521
Gallery image 68522
DAVLETNAZAROV SIROJIDDIN MANSUR O‘G‘LI
19 Noy 2025
11:49

Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 17-sessiyasi

Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini kengash raisi Z. Matnazarov boshqarib bordi. Yig‘ilishda deputatlar, mas’ul tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga 7 ta muhim masala kiritilib, ular bo‘yicha keng muhokamalar olib borildi. Har bir masala yuzasidan qaror loyihalari tasdiqlandi.

Sessiya davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mavjud muammolar va ularning yechimlari, shuningdek, sohalardagi ustuvor vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Qabul qilingan qarorlar aholi farovonligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va tuman boshqaruvini samarali tashkil etishga qaratilgani ta’kidlandi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar bilan batafsil Yangiariq tumani hokimligining youtube ijtimoiy tarmog‘idagi https://www.youtube.com/live/LgDw2xBUN70?si=SM2u-vI3M6e0byzC ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.