Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi A. Agzamxodjayev Guliston shahriga tashrif buyurdi.
Gallery image 68511
Gallery image 68512
Gallery image 68513
Gallery image 68514
Gallery image 68515
Gallery image 68516
Gallery image 68517
ABDUMUMINOVA NAZIRA ABDULLAYEVNA
19 Noy 2025
11:48

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi A. Agzamxodjayev Guliston shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida qo‘mita raisi avval Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimligi rahbariyati, mahalla raislari hamda “mahalla yettiligi” faollari bilan uchrashib, mahallalarda olib borilayotgan ishlar, fuqarolar bilan ishlash tizimi va tashabbuslarning amaliy natijalari bilan tanishdi.

Shuningdek, Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, mavjud muammolar hamda investitsiya imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashrif davomida mehmonlar “Buyuk kelajak” mahallasida joylashgan, polipropilen qop mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “MMX PRO” MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishdilar.

Shu bilan birga, “Obod yurt” mahallasida joylashgan trikotaj va tayyor kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi “CHELEBI TEKSTIL” XK MCHJ korxonasida ham jarayonlar ko‘zdan kechirildi. Korxonalarning ishlab chiqarish quvvati, eksport salohiyati va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi rejalar muhokama qilindi.