Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 68461
Gallery image 68462
Gallery image 68463
Gallery image 68464
Gallery image 68465
Gallery image 68466
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
18 Noy 2025
17:32

Deputat faoliyatidan

 Davlat xizmatlari, FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi. Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati Abduvoxidov Shuxrat Abduxamidovich Parkent tumanidagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida deputat Davlat xizmatlari markazi va FHDYo organlari hodimlari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatilishi holati bilan yaqindan tanishdi. Bunda markaz va FHDYo organlari hodimlari davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangiliklar va yaratilayotgan qulayliklar haqida ma`lumotlar berishdi. Deputat tomonidan Davlat xizmatlari ko‘rsatishni qanday qilib aholi uchun yanada qulayroq tashkil etish va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha takliflar berildi. Xususan olis va chekka hududlarda sayyor xizmatlar tashkil etish, ayniqsa yoshlarni davlat xizmatlaridan masofadan turib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanishlarini targ'ib etish, bu borada bevosita “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda natijada onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlarini tashkil etish kerakligi aytib o‘tildi.