Barcha yangiliklar
Marg‘ilonda “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida!” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 68437
Gallery image 68438
Gallery image 68439
Gallery image 68440
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
18 Noy 2025
16:56

Marg‘ilonda “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida!” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi

Marg‘ilon shahar Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston “Adolat” SDP Marg‘ilon shahar Kengashi tashabbusi bilan “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida!” loyihasi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dastlab “Adolat” SDP Marg‘ilon shahar Kengashi raisi, 3-Saxovat okrug deputati Saidazimxon Azizov partiyaning adolat, qonun ustuvorligi va ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan dasturiy maqsadlari haqida batafsil ma’lumot berib, bugungi kunda yoshlar uchun muhim bo‘lgan eng sara baddiy adabiyotlar to‘plamini kutubxona fondiga taqdim etdi.

Shundan so‘ng markaz rahbari Abdubannob Mahkamaov va soha fidoiylari bilan kutubxonaning aksariyat doimiy mijozi bo‘lgan yoshlar orqali ularni safini yanada oshirish, kitob o‘qishga keng jalb etish, milliy va ma’naviy merosga hurmat ruhini mustahkamlash, yosh avlodda vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.