Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. DOIMIY KOMISSIYALARNING QO‘SHMA MAJLISI BO‘LIB O‘TDI.
Gallery image 68267
Gallery image 68268
Gallery image 68269
Gallery image 68270
Gallery image 68271
Gallery image 68272
Gallery image 68273
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
18 Noy 2025
13:49

Chinoz tumani. DOIMIY KOMISSIYALARNING QO‘SHMA MAJLISI BO‘LIB O‘TDI.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar Chinoz tumani prokurorining, Chinoz tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining, Chinoz tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘ining hamda tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlarining axborot va hisobotlari eshitildi.

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar A.Turdiboyev, F.Ibragimov, M.Mirsodiqov, M.Erxo‘jayev, O.Dadajonov, D.Teshabayev, M.Mamatqulov, A.Baxramov, E.Saidovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Qo‘shma majlis yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjatlar qabul qilindi.

Elyorjon Saidov,

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati