Barcha yangiliklar

ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
18 Noy 2025
13:42
Chinoz tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
🔰Joriy yilning 8–9 noyabr kunlari Chinoz tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali ko‘chatlar ekish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
🌳 Mazkur tashabbus doirasida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari boshchiligida tashkil etilgan “Deputatlar bog‘i” hududida ham manzarali ko‘chatlar ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
🍀Ushbu sa’y-harakatlar tumanda ekologik muhitni yanada yaxshilash, yashil hududlar maydonini kengaytirish hamda aholiga qulay va sog‘lom hayot muhiti yaratishga xizmat qiladi.