Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI SEVARA FAYZIYEVA MIROBOD TUMAN AHOLISINING MUROJAATLARINI TINGLADI
Gallery image 68186
Gallery image 68187
Gallery image 68188
Gallery image 68189
Gallery image 68190
Gallery image 68191
Gallery image 68192
Gallery image 68193
Gallery image 68194
Gallery image 68195
Gallery image 68196
Gallery image 68197
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
07 Noy 2025
11:14

XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI SEVARA FAYZIYEVA MIROBOD TUMAN AHOLISINING MUROJAATLARINI TINGLADI

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva O'zbekiston Ekologik partiyasi vakillari bilan birgalikda Mirobod tumani “Qo’yliq ota” mahalla fuqarolar yig'inida aholini qiynab kelayotgan dolzarb
masalalarni hal etish yuzasidan uchrashuv o'tkazdi.
 

Unda "Qo'yliq ota" mahalla fuqarolar yig'ini raisi Dilfuza Qodirova bilan ko’p yillardan buyon eng og’riqli nuqta bo’lgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini saqlash borasida bir qancha murojaat va takliflar bildirildi. Jumladan, ushbu mahallada kechalari yuz beradigan janjallar tufayli “Qizil” toifadan chiqa olmasligi alohida ta’kidlab o’tildi. 

Shu sababli ushbu mahalla hududida sodir etilishi mumkin bo’lgan jinoyatlarni erta aniqlash va oldini olish maqsadida 24/7 hizmat ko’rsatuvchi “Huquq tartibot maskani” qurish taklifi bildirildi. Mazkur taklif asosida
deputat mas’ullar bilan bog’lanish, dolzarb muammoni tezda bartaraf etish choralarini ko’rish bo’yicha deputatlik nazorati o’rnatilishini ta’kidlab o’tdi.