Barcha yangiliklar
Termiz tumanidagi umumta’lim maktablarida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 68155
Gallery image 68156
Gallery image 68157
Gallery image 68158
Gallery image 68159
Gallery image 68160
Gallery image 68161
Gallery image 68162
Gallery image 68163
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
13 Okt 2025
11:02

Termiz tumanidagi umumta’lim maktablarida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borildi.

Termiz tumanidagi umumta’lim maktablarida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida nafaqat kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, balki ta’lim jarayoniga oid bir qator muhim yo‘nalishlar ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan:

o‘quv xonalarining sanitariya-gigiyena holati;

isitish tizimlarining ishlashga tayyorligi;

elektr va suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalar;

o‘qituvchilarning dars jarayoniga tayyorgarligi va o‘quv-uslubiy ta’minoti;

o‘quvchilarning darsga qatnash intizomi hamda sinflarda o‘quv muhiti;

maktab kutubxonalari va sport zallarining holati;

axborot texnologiyalari xonalari va kompyuter jihozlarining yetarliligi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan joyida tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar yuklatildi.

Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarining barqaror faoliyatini ta’minlash, o‘quvchilarga qulay va xavfsiz sharoit yaratish, hamda ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir.