Barcha yangiliklar
Kuz-qish davriga tayyorgarlik deputatlar e’tiborida
Gallery image 68143
RAMANOVA FIRUZA SAPARBAYEVNA
18 Noy 2025
10:54

Kuz-qish davriga tayyorgarlik deputatlar e’tiborida

 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari P.Ro‘ziboyev va N.Masharipovalar tashabbusi bilan shahardagi 2-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Deputatlar ta’lim muassasasi rahbari bilan suhbatda o‘quvchi-yoshlarning sog‘lom bo‘lishi va xavfsiz sharoitda bilim olishi bilan bog‘liq ustuvor vazifalarni ta’kidlab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, ta’lim muassasasining umumiy holati bo‘yicha o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish hamda bu boradagi muammo va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlandi.