Barcha yangiliklar
Joriy yilning 11-oktabr kuni Termiz davlat pedagogika institutida “Deputat va yoshlar” mavzusida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 68135
Gallery image 68136
Gallery image 68137
Gallery image 68138
Gallery image 68139
Gallery image 68140
Gallery image 68141
Gallery image 68142
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
10 Okt 2025
10:51

Joriy yilning 11-oktabr kuni Termiz davlat pedagogika institutida “Deputat va yoshlar” mavzusida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 11-oktabr kuni Termiz davlat pedagogika institutida “Deputat va yoshlar” mavzusida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari G. Shafoatova va B. Umarovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida deputatlar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr, taklif va tashabbuslarini diqqat bilan tingladilar.

Suhbat chog‘ida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim sohasidagi islohotlar, yoshlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va mas’uliyati haqida so‘z yuritildi. Deputatlar yoshlarga har tomonlama bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va maqsadga intiluvchan bo‘lish zarurligini ta’kidladilar.

Uchrashuv jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, amaliy tavsiyalar oldilar. Shuningdek, yoshlarning kelajakdagi rejalarini amalga oshirishda davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘llari muhokama qilindi.

Tadbir samimiy va iliq muhitda o‘tib, yoshlar uchun katta turtki bo‘ldi. Ular bunday uchrashuvlar nafaqat bilim va tajriba almashish, balki yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.