Barcha yangiliklar
Gulbahor mahallasida fuqarolar holidan xabar olindi:
Gallery image 68106
Gallery image 68107
Gallery image 68108
Gallery image 68109
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
30 Sen 2025
10:44

Gulbahor mahallasida fuqarolar holidan xabar olindi:

Gulbahor mahallasida fuqarolar holidan xabar olindi:

2025-yil 7-sentabr kuni Gulbahor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 2-guruh nogironi Jumaev Qarshiboy va hozirda insult kasalligi tufayli to‘shakda davolanayotgan Jumaev Fahriddinlarning xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida ularning salomatligi, ijtimoiy ahvoli hamda zarur ehtiyojlari o‘rganildi. Deputat va mas’ullar tomonidan ularning murojaatlari tinglanib, imkon qadar yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mahalla oqsoqollari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ichimlik suvi yetkazib berilishidagi muammolar atroflicha muhokama qilindi. Aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish masalasi yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur tashrif doirasida aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni joyida o‘rganish va ularni hal etish masalalari deputatlar diqqat markazida ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi.