Barcha yangiliklar
Tumandagi bog‘chalar deputatlar diqqat markazida:
Gallery image 68100
Gallery image 68101
Gallery image 68102
Gallery image 68103
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
29 Sen 2025
10:39

Tumandagi bog‘chalar deputatlar diqqat markazida:

Tumandagi bog‘chalar deputatlar diqqat markazida:

2025-yilning avgust va sentabr oylarida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tumandagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘lib, joylardagi ahvolni o‘rganishdi.

Tashriflar davomida bog‘chalarning moddiy-texnik bazasi, bolajonlarning tarbiya va ta’lim jarayoni, ovqatlanish sifati hamda sanitariya-gigiyena sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Deputatlar ota-onalar, tarbiyachilar va mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tinglashdi.

O‘rganish jarayonida ayrim muammolar ham aniqlandi: ba’zi bog‘chalarda o‘yin maydonchalari ta’mirtalab, isitish tizimlari eskirgani va qo‘shimcha guruhlar tashkil etishga ehtiyoj borligi qayd etildi.

Deputatlar bu masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal qilishini bildirar ekan, asosiy maqsad — bolalarning barkamol rivoji uchun qulay sharoit yaratish ekanini ta’kidladilar.