Barcha yangiliklar
MIROBOD TUMANIDA MEHNAT MIGRATSIYASIDAGI XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA BAG‘ISHLANGAN OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 68069
Gallery image 68070
Gallery image 68071
Gallery image 68072
Gallery image 68073
Gallery image 68074
Gallery image 68075
Gallery image 68076
Gallery image 68077
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
11 Noy 2025
10:34

MIROBOD TUMANIDA MEHNAT MIGRATSIYASIDAGI XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA BAG‘ISHLANGAN OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI

Mirobod tumani hokimi o'rinbosari F.Madaminova, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi
Qulmatova Gulbaxor Baratovna
ishtirokida mehnat migratsiyasida bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni Vatanga qaytarish masalalariga bag‘ishlangan onlayn formatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. 

Tadbirda A.Fitrat, Yangi Zamon, Baynalminal va Istiqlolobod mahallasida yashovchi chet davlatida yurgan fuqoralar bilan suhbatlashildi. Uchrashuv davomida mehnat migratsiyasida bo‘lgan ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularni munosib ish bilan ta’minlash, oila bag‘riga qaytishlariga ko‘maklashish hamda qayta ijtimoiy moslashuv jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy takliflar muhokama qilindi.