Barcha yangiliklar



SHOVQIDDINOV MAFTUN SAYFUTDINOVICH
18 Noy 2025
10:24
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
Davlat bayrog‘imiz — Vatanimizning bebaho ramzi, xalqimizning tinchlik, barqarorlik, ezgu orzu-intilishlari va milliy o‘zligining yorqin ifodasidir. Uning ranglarida O‘zbekiston osmonining musaffoligi, yerlarimizning serhosilligi, xalqimizning bag‘rikengligi, ajdodlarimizning ulug‘ tarixiy merosi mujassam.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati barchangizni ushbu ulug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi. Yurtimiz bayrog‘i doimo balandlarda hilpirab, mustaqil O‘zbekistonning yorqin taraqqiyot yo‘lini yoritib tursin.