Barcha yangiliklar
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! Ushbu kun Boyovut tumanida keng nishonlandi
Gallery image 68012
Gallery image 68013
Gallery image 68014
Gallery image 68015
Gallery image 68016
Gallery image 68017
Gallery image 68018
Gallery image 68019
SHAROPOV AVAZBEK AXMADJON O‘G‘LI
18 Noy 2025
10:01

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! Ushbu kun Boyovut tumanida keng nishonlandi

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! Ushbu kun Boyovut tumanida keng nishonlandi

Boyovut tumanida 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan ramziy “Vatanparvarlik” ko‘chasida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini yuksak ruhda birgalikda kuylab, Vatanga sadoqat va hurmat tuyg‘ularini yana bir bor namoyon etishdi.

Shundan so‘ng bayram minbariga Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi Dilfuza Uralova taklif etildi. U o‘z nutqida davlat ramzlari mamlakat mustaqilligi, milliy g‘urur va o‘zligimiz timsoli ekanini alohida ta’kidlab, barcha yurtdoshlarni qutlug‘ sana bilan muborakbod etdi.

Tadbirda tuman deputatlari, tashkilot va muassasa xodimlari, yoshlar hamda mahalla faollari ishtirok etib, bayramona ruhda davom etgan tadbirda Davlat bayrog‘iga hurmat, e’tibor va uni ardoqlash borasida targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga davlat ramzlaridan faxrlanish, ularni asrab-avaylash va mustaqil yurt ravnaqi uchun mas’uliyatli bo‘lish borasida chaqiriqlar bildirildi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati