Barcha yangiliklar
KO‘MAKLASHUVCHI KOMISSIYANING ISHCHI GURUH A’ZOLARI ISHIDA DEPUTATLAR ISHTIROK ETDILAR
Gallery image 68007
Gallery image 68008
Gallery image 68009
Gallery image 68010
Gallery image 68011
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
24 Okt 2025
09:56

KO‘MAKLASHUVCHI KOMISSIYANING ISHCHI GURUH A’ZOLARI ISHIDA DEPUTATLAR ISHTIROK ETDILAR

O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonuni asosida, Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish
uchun tuman ko‘maklashuvchi komissiyasini tuzishi belgilangan.
  

Mirobod tuman ko‘maklashuvchi komissiyasi tomonidan “Baynalminal” va “Navro‘z” MFY larida bo‘shab
qolgan mahalla raisi lavozimiga saylovni tashkil etish va o‘tkazish maqsadida, shuningdek,
fuqarolarning murojaatlarini inobatga olib, taqdim etilgan hujjatlar to‘plami bilan tanishib, mahalla raisi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan ishchi guruh suhbat o‘tkazdi. 

Ko‘maklashuvchi komissiyaning ishchi guruh a’zolari, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari X.Z.Kayumov, F.A.Muxitdinova jarayonlarda faol ishtirok etdilar.