Barcha yangiliklar
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi  bilan uchrashuvi
Gallery image 67942
Gallery image 67943
Gallery image 67944
Gallery image 67945
Gallery image 67946
Gallery image 67947
Gallery image 67948
Gallery image 67949
YAKUBOVA ZAMIRA ISMAILOVNA
17 Noy 2025
17:36

Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi

Deputat mahalla ziyo maskanlarida: kitobxonlik va ta’lim — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Husanjon Abdurahmonov Yoyilma MFY hududidagi axborot-kutubxona bo‘limida bo‘lib, aholi, ayniqsa yoshlarning kitob o‘qishi uchun yanada qulay sharoit yaratish muhimligini ta’kidladi.

Ushbu maskanni zamonaviy talablarga mos ravishda Davlat-xususiy sherikchilik asosida yangitdan barpo etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Bu tashabbus kelajakda hududning ma’naviy-ma’rifiy hayotiga katta hissa qo‘shishi shubhasiz.

Shuningdek, deputat H.Abdurahmonov 17-umumtaʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini ham o‘rgandi. Maktab binosidagi isitish tizimi, xavfsizlik choralarining ko‘rilishi va o‘quvchilarga yaratilayotgan sharoitlar tanqidiy va amaliy ruhda ko‘zdan kechirildi.

Mahallalarda ta’lim va ma’naviyatga qaratilayotgan bunday e’tibor — yoshlar kelajagi uchun mustahkam poydevordir.